Sanepidqo’mita Kitob tuman bo‘limi DTB mudiri G.Norqobilova tomonidan Kitob tumanidagi sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari, kosmetologiya xizmatlarini amalga oshiruvchi ishchi-xodimlar o‘rtasida sanitariya targ‘ibot ishlari olib borildi.
✅Targ‘ibot davomida Sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari, kosmetologiya xizmatlarini amalga oshiruvchi ishchi-xodimlar ishga kirishdan oldin va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, sanminimum kursini o‘qigan bo‘lishi shartligi tushuntirildi.
🔰Ish jarayonidagi ehtiyotsizlik natijasida mijozlarga Gepatitlar, OIV-infeksiya va boshqa yuqumli hamda parazitar kasalliklarni yuqishini oldini olish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan zararsizlantirish tadbirlari bo‘yicha ma’lumot va eslatmalar berildi.







Sanepidqo’mita Kitob tuman bo‘limi axborot xizmati