🩸Gepatit C — jigarni zararlovchi virusli kasallik bo‘lib, asosan qon orqali yuqadi.
🛡Oldini olish choralari:
✅ Faqat steril va bir martalik tibbiy asboblardan foydalaning.
✅ Shprits va ignalarni hech qachon boshqalar bilan ulashmang.
✅ Tatuirovka, pirsing va manikyurni faqat ishonchli, steril sharoitdagi muassasalarda qildiring.
✅ Ustara, tish cho‘tkasi, tirnoq qaychisi kabi shaxsiy buyumlarni boshqalar bilan ishlatmang.
✅ Himoyalangan jinsiy aloqaga rioya qiling.
✅ Xavf guruhi vakillari muntazam ravishda Gepatit C ga tekshiruvdan o‘tsin.
⚠️ Gepatit C ga qarshi vaksina mavjud emas.
🩺 Kasallikni erta aniqlash va o‘z vaqtida davolash og‘ir asoratlarning oldini oladi.
📍Esda tuting!
Sog‘lig‘ingiz o‘z qo‘lingizda!
Sanepidqo’mita Kitob tuman bo‘limi axborot xizmati