💧 Suv — bebaho ne’mat!
Jamoat hojatxonalarida suvdan oqilona foydalanish nafaqat iqtisodiy, balki ekologik ahamiyatga ham ega.
✅ Suvni tejashning oddiy qoidalari
🚰 Kranni ochiq qoldirmang
Qo‘l yuvgandan so‘ng kranni mahkam yoping.
🧼 Qo‘l yuvishda suvni behuda oqizmang
Sovunlayotganda kranni vaqtincha yoping.
🔧 Nosoz jihozlar haqida xabar bering
Tomchilayotgan kran yoki ishlamayotgan bak suvning ortiqcha sarfiga sabab bo‘ladi.
🚽 Suv tortish tugmasidan me’yorida foydalaning
Keraksiz ravishda bir necha marta bosmang.
👨👩👧👦 Boshqalarga ham namuna bo‘ling
Suvni tejash madaniyatini targ‘ib qiling.
🌍 Har bir tomchi suv kelajak uchun muhim!
💧“Suvni asrang — kelajakni asrang!”
Sanepidqo’mita Kitob tuman bo‘limi axborot xizmati
