♻️Kasallik qanday yuqadi?
🦠 Kir qo‘llar orqali
💧 Sifatsiz yoki ifloslangan suv orqali
🍽 Yaxshi pishirilmagan va ifloslangan ovqatlar orqali
🪰 Pashsha va boshqa hasharotlar orqali
🤝 Kasallangan odam bilan muloqotda bo‘lganda
Oldini olish qoidalari
1. Qo‘llarni muntazam yuving
🧼 Ovqatlanishdan oldin va keyin, hojatxonadan chiqqach qo‘llarni sovun bilan yuving.
2. Faqat toza suv iste’mol qiling
💧 Qaynatilgan yoki xavfsiz ichimlik suvidan foydalaning.
3. Ovqatlarni yaxshi pishiring
🍲 Go‘sht, tuxum va boshqa mahsulotlarni yetarli darajada termik ishlov bering.
4. Meva va sabzavotlarni yuving
🥕🍎 Iste’moldan oldin yaxshilab yuvib, imkon bo‘lsa qaynoq suv bilan chaying.
5. Atrof-muhitni toza saqlang
🏡 Uy va hovli tozaligiga rioya qiling.
6. Pashshalardan himoyalaning
7. Bemorlar bilan aloqani cheklang
8. Bolalarga gigiyena qoidalarini o‘rgating
Sanepidqo’mita Kitob tuman bo‘limi axborot xizmati
