O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari — bu bakteriyalar, viruslar yoki parazitlar ta’sirida oshqozon-ichak traktining yallig‘lanishi bilan kechadigan, yuqumli va tez tarqaluvchi kasalliklar guruhidir. qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi (diareya) va tana haroratining ko‘tarilishi bilan namoyon bo‘ladi.
· Qo‘zg‘atuvchilari: Bakteriyalar (salmonellyoz, ichburug‘), viruslar (rotavirus, A gepatit) va parazitlar.
· Yuqish yo‘llari: Asosan ifloslangan oziq-ovqat, suv, kirlangan qo‘llar va maishiy buyumlar orqali yuqadi (fekal-oral mexanizm).
· Xavfi: Ayniqsa yoz oylarida keng tarqalib, kichik yoshdagi bolalar uchun xavfli.
🛡Profilaktikasi:
✅Kasallikdan saqlanish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, qo‘llarni tez-tez yuvish, sabzavot va mevalarni qaynatilgan suvda yuvish hamda ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash zarur.
Sanepidqo’mita Kitob tuman bo‘limi axborot xizmati
