

🔰Hayvon koʼmilgan joylarda epidemiologik xavfsizlikni taʼminlash maqsadida kuydirgi kasalligidan oʼlgan hayvonlar koʼmilgan joylarni sanitariya holatini meʼyordagidek boʼlishi uchun hayvonlar koʼmilgan eski joylarda quyidagi ishlar oʼtkaziladi:
🔘tasodifan odamlar va hayvonlar kirib qolishini oldini olish maqsadida, butun hudud atrofini temir panjara bilan oʼrash va hudud ichkarisiga «Kuydirgi» deb yozilgan ogohlantiruvchi taxtachalar oʼrnatish;
🔘kuydirgi kasalligidan oʼlgan hayvonlar koʼmilgan joylarni chegarasini aniq belgilagan holda, ushbu hudud tuprogʼini zararsizlantirish choralari koʼriladi;
🔘kuydirgi kasalligidan oʼlgan hayvonlar koʼmilgan joylarning sanitariya-himoya hududida xoʼjalik ishlari oʼtkazilishiga yoʼl qoʼymaslik ustidan nazorat olib boriladi.
Sanepidqo’mita Kitob tuman bo‘limi axborot xizmati
📲https://t.me/sanepidkitobtuman