
🦠Qizamiq virusli kasallik bo’lib, quyidagi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin:
📌Asosiy jiddiy asoratlari
1⃣Nafas olish tizimi: Og’ir pnevmoniya (zotiljam), laringit, laringotraxeit, bronxit, bronxiolit va plevrit.
2⃣Asab tizimi: Ensefalit (miya yallig’lanishi), meningoensefalit, meningit va miyelit (falajlik yoki doimiy miya shikastlanishiga olib kelishi mumkin).
3⃣Eshitish a’zolari: O’rta quloq yallig’lanishi (otit — har beshinchi bolada uchraydi) va mastoidit.
4⃣Ko’rish a’zolari: Kon’yunktivit, keratit, blefarit va ko’rlikka olib kelishi mumkin bo’lgan keratokon’yunktivit.
5⃣Ovqat hazm qilish tizimi: Stomatit, og’iz bo’shlig’i yaralari, enterit va kolit (shuningdek, kuchli diareya).
6⃣Siydik chiqarish tizimi: Sistit va piyelonefrit
🔰Eslatma: Qizamiqning o’ziga xos maxsus antiviral davosi yo’q.
Eng samarali oldini olish chorasi — bu emlashdir.
Sanepidqo’mita Kitob tuman bo‘limi axborot xizmati
📲https://t.me/sanepidkitobtuman